Eksponatlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

Shahrisabz" davlat
muzey  -  qo‘riqxonasi kolleksiyasidan

Zirak. Ayollar taqinchog‘i.
XX asr. O‘rtasidagi ko‘zi saqlanmagan, toshlari sun'iy marvarid.
KP  -  2231
IN  -  2231
Materiali: oltin

Xalqda sevilgan  va  qadrlangan barcha buyumlar, usta zargarlar qoʻli bilan bezatilgan. Qoʻllarida oʻta oddiy asbob  -  uskunalar tutib, tabiiy ashyolar haqida faqat tajriba orqali orttirgan bilimlari va koʻnikmalariga tayangan holda, zargarlar Sharqda gʻoyat qadrlanuvchi  toshlar  -   marjon, aqiq, feruza, marvariddan chiroyi va ishining nafisligi bilan hayratga soluvchi uzuk, zirak, bilaguzuklar, murakkab koʻpqavatli taqinchoqlar yaratganlar. Har bir zargar oʻzi yoqtirgan usulni afzal koʻrgani holda, qoraytirish, shabaka oʻyib naqsh berish usullarini qoʻllash asnosida buyumlarni yirik donli, gajak kumush simli, oʻyma naqshlar bilan  bezaluvchi bir qancha metallni qayta ishlash usullarini bilganlar. Anʼanaviy ayollar taqinchoqlari bir qancha tur va guruhlarga boʻlingan boʻlib, shakli va bezash turi, yasalish usuli hududlarga qarab farqlanadi.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova