Shahrisabz" davlat
muzey - qo‘riqxonasi kolleksiyasidan
Zirak. Ayollar taqinchog‘i.
XX asr. O‘rtasidagi ko‘zi saqlanmagan, toshlari sun'iy marvarid.
KP - 2231
IN - 2231
Materiali: oltin
Xalqda sevilgan va qadrlangan barcha buyumlar, usta zargarlar qoʻli bilan bezatilgan. Qoʻllarida oʻta oddiy asbob - uskunalar tutib, tabiiy ashyolar haqida faqat tajriba orqali orttirgan bilimlari va koʻnikmalariga tayangan holda, zargarlar Sharqda gʻoyat qadrlanuvchi toshlar - marjon, aqiq, feruza, marvariddan chiroyi va ishining nafisligi bilan hayratga soluvchi uzuk, zirak, bilaguzuklar, murakkab koʻpqavatli taqinchoqlar yaratganlar. Har bir zargar oʻzi yoqtirgan usulni afzal koʻrgani holda, qoraytirish, shabaka oʻyib naqsh berish usullarini qoʻllash asnosida buyumlarni yirik donli, gajak kumush simli, oʻyma naqshlar bilan bezaluvchi bir qancha metallni qayta ishlash usullarini bilganlar. Anʼanaviy ayollar taqinchoqlari bir qancha tur va guruhlarga boʻlingan boʻlib, shakli va bezash turi, yasalish usuli hududlarga qarab farqlanadi.


