Chang
— ko'p torli tirnama cholg'u asbobi. O'zbekistonda ishlatiladigan zamonaviy chang turi trapetsiya shaklidadir. Chang tayoqchalar bilan urib chalinadi. Ko'pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor. Changdan qadimda va O'rta asr Sharq (Ossuriya, Misr, Shimomliy Hindiston, Yeron, Markaziy Osiyo) madaniyatida qo'llanilgan. Hozirgi O'zbekiston va Tojikiston hududida qadimgi changdan taxminan 17-asrgacha qo'llanilgan. O'rta asrlarda Noqus Changiy, Mavlono Mirek Changiy Buxoriy, Xoja Bobo Changiy, Hofiz Changiy, Darvishali Changiy va boshqa chang ijrochilari tanilgan. Chang burchakli yoki yoysimon shaklda bo'lib, unga 13 va undan ortiq torlar o'rnatilgan. Hozirda changdan o'zbek, tojik, uyg'ur xalqlari keng foydalanadi. O'zbekistonda keng ishlatiladigan hozirgi turi trapetsiya shakldagi tovushxonaga yega. Tovushqator asosini 14 sim tashkil yetadi. Shu simlarning 13 tasi uchtadan bo'lib, bitta eng yo'g'on sim yakkadir. Shu asnoda torlaning umumiy soni 40 taga yetadi



