Eksponatlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

 

Eng avvalo koshinlar tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak u qadimgi Sharqda paydo bo’lagan va asosiy vazifasi binolarni bezash bilan bir qatorda devorlarni yong’in va yog’ingarchiliklardan saqlash ham bo’lgan.

Keyinchalik u Yevropa mamlakatlarida ham keng foydalanilib, IX asrlarda pechka va kaminlarni bezashda ishlatilgan. Oʻrta Osiyoga esa XII- asr oxiri – XIII - asr boshlarida kirib keldi ilk bor Samarqand, Buxoro kabi tarixiy shaharlarimizda  bino poydevorlarini bezashda ishlatilgan.

Koshinlar  maxsus pishirilgan sirkor yupqa sopol taxtacha bo’lib,  maxsus loydan qoliplarga quyib tayyorlanadi va xumdonda 1150 C° gacha  pishiriladi. So’ng turli naqsh tushirilgach sir beriladi va yana  maxsus xumdonda pishiriladi. Koshinlarning sirlangan, naqshli, turli tasvirlar tushirilgan xillari bor. Sirtga puxta yopishishi uchun koshinning orqa tomoni gʻadir-budir yoki chuqurcha-chuqurcha qilib yasaladi. Oʻngi oq yoki har xil rangli, silliq, boʻrtma, silliqlanmagan, shisha xillari bor.

XX – asrning 20- yillaridan koshin tayyorlash usulini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borildi. Yevropada «modern» uslubidagi tovlanma sirli monoxrom koshinkor ichki va tashqi devorli binolar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Samarqanddagi maxsus kulollik ustaxonasida, Toshkentdagi ustaxonalar qadimgi koshinlarga yaqin boʻlgan koshin tayyorlana boshlandi. Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda, binolarni bezashda, kamin va pechlarni qoplashda Koshindan keng foylalanil moqda.

Siyosiy vaziyatlar tufayli XIX asr oxiri XX asr boshlarida o'rta asrlarda barpo etilgan binolarga katta zarar etgan va koshinlari qo'porib olingan. Hozirgi kunda ana shu koshin bo'laklari O'zbekistonning ko'plab muzeylarida saqlanadi. Misol uchun Shahrisabz Davlat muzey qo’riqxonasi fondida ham tarixiy shahar bo’lmish Shahrisabz xududida XIV-XV asrla Temuriylar tomonidan barpo etilgan obidalar yuzasidan tushgan koshinlar saqlanadi. O'sha davrlarda koshinlar o'ta sifatli va pishiq ishlangan. Bir necha asrlar o'tishiga qaramay ranglari o'chmagan. Bunday koshinlarga tabiiy o'simliklardan olingan ranglar ishlatilgan. Bunday o’simlikka misol tariqasi Gulyak yoki Qirq bug’im o’simliklarini aytish mumkin. Och moviy rang bu o’simliklarni kuydurish orqali olinadi. Tabiiy yo'l bilan olingan ranglar asrlar davomida ham yaxshi saqlanib qoladi. Ba'zi bir koshinlarga girrix naqshlari va arabiy yozuvlarni ko'rishimiz mumkin. Bu esa hattotlikning me'morchilikda bo'lgan o'rnini ham yaqqol ko'rsatib beradi.

Shunga o'xshash koshinlarni Oqsaroy, Dorus-siyodat majmualari devorlarida ham uchratish mumkin. Temuriylar davrida naqshdor mozaika rivojlana borib, islimiy bezaklarni joriy etish kengaydi. Naqshdor mozaika texnikasida epigrafikaga ham katta e’tibor berilgan. Qur’on oyatlari va hadis namunalari, hikmatlari so’zlar  ayni vaqtida hukmdor, qolaversa, buyurtmachi sha’nini ham madh etuvchi yozuvlar bo’lib, ular binoning bezak elementi sifatida ham namoyon bo’lgan. Buyuk sohibqiron Amir Temur davrida Shahrisabz islomiy ilmlar markazlaridan biri bo’lganligi tufayli Qubbat ul ilm val-adab ya’ni ilm va adab jamlangan  degan faxrli nomga ega bo’lgan edi. 1404-yilning avgustida shaxarga yetib kelgan ispan elchilari bu yerni katta shahar deb nomlashgan. Shahrisabz shahri ko’plab me’moriy obidalari mavjudligi va yaxshi saqlanganligi tufayli UNESCO ning madaniy meros ro’yxatiga olingan va 1996- yilda “ Amir Temur” nomidagi orden bilan mukofotlangan.

Markaziy Osiyodagi kulolchilik mahsulotlarida  moviy keramika eramizning XIV –XV asrlaridan boshlab uchray boshlaydi. Rangli kulolchilik mahsulotlarini yurtimiz xududida keng tarqay boshlashiga savdo karvonlarining mamlakatimiz xududidan to’xtovsiz qatnovini xam sabab qilib ko’rsatish mumkin. Temuriylar davriga kelib binolarni mozayka va mayolikalar bilan qoplash yuksak darajaga yetdi. XIV-XV asrlarda O’rta Osiyoda xususan yurtimizda bunyod etilgan obidalarga Samarqand shahridagi Bibixonim masjidi, Shohizinda ansambli, Go’ri Amir mavzeysi, Ulug’bek madrasasi, Shahrisabzda Oq saroy majmuasi, Jahongir maqbarasi, Dor-ut tilovat, Dor-us saodat majmualari, va jahonning turli mamlakatlarida bunyod etilgan temuriylar davriga oid me’morchilik namunalari me’morchilik sohasining naqadar yuqori cho’qqiga ko’tarilganini yorqin misolidir.

Temuriylar davri me’morchiligida naqsh va rang muhim ahamiyat kasb etgan. Moviy naqshlarning yangi turlari paydo bo’ldi, ganchdan ishlangan bo’rtma naqshlarni oltin suvida ishlanishi, ya’ni kundal shular jumlasidandir.  Amir Temur va temuriylar davrida ulkan binolarning peshtoq va gumbazlarida ishlatilgan sirlangan moviy koshinlar davrning oziga xos ramziga aylandi. Ko’k va havo rang maishiy kulolchilikda ham yetakchilik qildi. Mohirona o’ylangan naqshlar, shubhasiz, uzoq muddatlarda jamlangan tajribalar natijasini o’zida mujassamlashtiradi.

 

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz Davlat muzey qo’riqxonasi bosh mutahassisi Uranova Nodira

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz Davlat muzey qo’riqxonasi bo’lim boshlig’i Eshova Gavhar

 


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova