Eksponatlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

O’zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metaldan yasalgan badiiy buyumlarga o’yib yoki bo’rtiq qilib naqsh ishlash tushuniladi.

Qumg’on XX asr boshlariga oid bo’lib, Shahrisabzlik kandakor ustalar tomonidan ishlangan. Qumg’ondan suv qaynatishga foydalanishgan, odatta choy damlashda qo’llanilgan. Qumg’onning markaz qismida tutun chiqishi uchun mo’ljallangan quvur joylashtirilgan bo’lib, bu quvur suvning tez qaynashini taminlagan. Qapqoqli turdagi qumg’onlar esa suvni ko’p vaqt davomida qaynoqligini saqlab qolishga xizmat qilgan. Qumg’onning sirtida tangasimon shaklda bo’rtma naqsh berilgan. Uning yuqorishida esa halqasimon ko’rinishdagi naqshlar ishlangan bo’lib, u qumg’onning yanada nafis bo’lishiga xizmat qilgan.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova