Yangiliklar
TIL -MILLAT KO‘ZGUSI.
20-oktabr kuni 21- oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim"
"Milliy merosga mening hissam"
“Milliy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida
YOSHLAR TARBIYASIDA OAV NING AHAMIYATI
14-oktabr kuni “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasining “Maqom” muzeyida bo‘lib o‘tgan davra suhbati ham “Xodimlarga, ayniqsa yoshlarda OAV va internet tarmoqlaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasining bosh direktori Uljayev Ma’ruf Oripjonovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Muzey-qo‘riqxonaning marketing va turizm bo‘limi boshlig‘i Umirova Gulnoza, katta ilmiy xodimlar Usmonova Dildora, Dusmetova Rayxona va yetakchi mutaxassis Abdurahmonov Jamshidlar so‘zga chiqib, OAVdan to‘g‘ri foydalanish kerakligi haqida o‘zlarining fikrlarini bildirdilar. Shu bilan birgalikda Shahrisabz davlat pedagogika institutining tarix yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ham so‘z olib, fikrlari bilan bahslashdilar. Davra suhbati savol-javoblar ostida, muhokamalarga boy, mazmunli bo‘lib o‘tdi.






