"Şahrisabz" davlat muzey-qöriqxonasi hamda Sergey Borodin uy-muzeyi örtasida madaniy-ma’rifiy, ilmiy va körgazmali tadbirlarni hamkorlikda amalga oşiriş maqsadida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yangiliklar
"Davlat gerbi – milliy g‘urur va Vatanga sadoqat timsoli"
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.
“IROQI” XALQARO KASHTACHILIK FESTIVALI
13–15-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida milliy hunarmandchilik va betakror kashtachilik san’atini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Iroqi” xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival — asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy kashtachilik an’analarini namoyish etish, mohir hunarmandlar ijodini targ‘ib qilish va ushbu san’at turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda O‘zbekistonning turli hududlari hamda qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan mohir kashtachilar ishtirok etib, o‘zlarining noyob va bebaho ijod namunalarini namoyish etadi.
Festival dasturidan:
milliy kashtachilik namunalari ko‘rgazmasi;
hunarmandlarning ijodiy ishlari taqdimoti;
kashta tikish bo‘yicha mahorat darslari;
milliy hunarmandchilikka oid ko‘rgazma va taqdimotlar;
madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar;
mahalliy va xorijiy hunarmandlar o‘rtasida tajriba almashish tadbirlari o‘rin oladi.
“18-may Xalqaro muzeylar kuni”
“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasida “18-may Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.






