Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati
bilan Amir Temur xiyobonida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rahbarlar, keng jamoatchilik vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari hamda yoshlar faol ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbirlar Sohibqiron Amir Temurning boy tarixiy merosini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarimizga hurmatni oshirishga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun madaniy chiqishlar, ko‘rgazmalar va turli ma’naviy-ma’rifiy dasturlar tashkil etilib, bayramona muhit yanada ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
🇺🇿 SHAHRISABZ DAVLAT MUZEY-QO‘RIQXONASI 🇺🇿
Kanalimiz👇
@shahrisabz_muzeyi


