Yangiliklar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

There is no translation available.

     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining muhim ramzlaridan biri bo‘lgan Davlat gerbi 1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan. Davlat gerbi mamlakatimiz suvereniteti, xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, tinchlik, farovonlik va ezgu orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. Unda tasvirlangan Humo qushi baxt va erkinlik timsoli bo‘lsa, quyosh nuri yurtimizning porloq kelajagi va hayotbaxsh qudratini anglatadi. Bug‘doy boshoqlari xalqimizning rizqi va to‘kin-sochinligini, paxta chanoqlari esa yurtimizning mehnatsevarligi va boyligini ifodalaydi.

       Mazkur sana munosabati bilan muzey-qo‘riqxonada "Davlat gerbi – milliy g‘urur va Vatanga sadoqat timsoli" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir muzey xodimlari o‘rtasida tashkil etildi. Tadbir davomida Davlat gerbining yaratilish tarixi, uning mualliflari, gerb tarkibidagi ramzlarning mazmun-mohiyati hamda davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga davlat ramzlari har bir fuqaroning qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashi alohida ta’kidlandi.

      Tadbir yakunida davlat ramzlarini e’zozlash, ularning nufuzini yuksaltirish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash har birimizning muhim vazifamiz ekani yana bir bor ta’kidlandi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosimizni asrab-avaylash hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchidir. Uni asrab-avaylash va e'zozlash Vatanga, uning tarixi hamda milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatning muhim ifodasidir.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova