Yangiliklar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

There is no translation available.

“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasida “18-may Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

    “18-may Xalqaro muzeylar kuni” — bu tarix, madaniyat va milliy merosni ulug‘laydigan muhim sana hisoblanadi. Har yili 18-may kuni dunyo bo‘ylab keng nishonlanadigan ushbu bayram muzeylarning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yana bir bor namoyon etadi.

      Muzeylar xalqning boy tarixi, qadriyatlari, urf-odatlari hamda ajdodlardan meros bo‘lib qolgan noyob eksponatlarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishda muhim maskan sanaladi. Ayniqsa, yoshlarning tarixiy xotirasini boyitish, ularda vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishda muzeylarning hissasi beqiyosdir.

      Bugungi kunda muzeylar nafaqat tarixiy obidalar va eksponatlar saqlanadigan maskan, balki ma’naviy-ma’rifiy tarbiya markazi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. “18-may Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar esa madaniy merosimizni targ‘ib qilish, tariximizga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda muzey xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof etishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan Ma’ruf Uljaev rahbarligidagi “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi jamoasida faol ishlagan xodimlar kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etildi. Bayram tadbiri doirasida Madaniyat saroyi kichik zalida Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev tomonidan bir guruh muzey xodimlariga tashakkurnomalar topshirilib, ularning fidokorona mehnati va madaniy merosni asrash yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etildi.

      Tadbir davomida qadimiy Shahrisabzning boy tarixi, ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan noyob eksponatlar va muzeylarning ma’naviy hayotdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbirlar yosh avlod qalbida tarix va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

      Ushbu sana munosabati bilan barcha muzey xodimlari, tarixchilar, mutaxassislar va madaniyat fidoyilarini samimiy muborakbod etamiz. Ularning boy tariximizni asrash va kelajak avlodga yetkazish yo‘lidagi xizmatlari yuksak qadrlanadi.

 

   


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova