Obyektlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

Event Info

08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri
The Breslin

Shahrisabzning mudofaa devori (qal’asi) arxeologik maʼlumotlariga koʼra dastlab Kesh–Shahrisabz qalʼasi devorlari horazmshohlar qurilishi uchun xos boʼlgan yupqa qatlamli paxsadan XIII asr boshlarida bunyod etilgan.

Аmir Temur 1378-1379 yillarda qalʼa devorlarini qaytadan qurishga kirishgan. Temir qoplamali darvozalarini Hirotlik ustalar tayyorlashgan. Yozma manbalardan biri -Kastiliya davlati elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning estaliklarida “Shahar mustahkam devor va chuqur handaq bilan oʼralgan boʼlib, kirish joylarida koʼtarma koʼpriklar mavjud” deb yozilgan. Mudofaa devori asosan xom gʼishtdan koʼtarilgan boʼlib balandligi 12-13 m, qalinligi esa 3,5-9 metrni tashkil etgan. Qal’aning tarkibi 7-13 sm qalinlikdagi qatlamli paxsadan bunyod etilgan. Devorlarning umumiy uzunligi 5,6 km boʼlib, uning jami 70 ta qoʼriqchi minoralari mavjud.

Shahar XIV-XV asrlarda toʼrtburchak shaklida boʼlib, asosan 4 ta darvoza orqali shaharga kirilgan. Shimoliy darvoza Аrk yoki Samarqand darvoza, janub tomondagisi Charmgarlik yoki Termiz darvoza, sharq tomondagisi Kunchiqar, gʼarbdagisi esa Qushxona (yaʼni Qassoblar mahallasi joylashgan) deb nomlangan. Samarqand darvozasidan Termiz darvozasi tomon oʼtgan markaziy koʼcha orqali Buyuk Ipak yoʼli savdo karvonlari qatnagan. Shahar markaziy maydoni Registon deb atalgan. Shaharda hunarmandchilik keng taraqqiy etgan boʼlib, bozor iqtisodiyotiga mos kasbkorlik mahallalari va guzarlari joylashgan. Аrxeologlarning fikricha, qalʼaning janubiy devorlari XVIII asrdagi inqirozdan keyin, Shahrisabz begi Nazarbek davrida, shaharning qadimiy devorlaridan 450 m ichkarida qurilgan va Аmir Temur davridagi devor XVIII asrdagi qalʼadan ancha katta boʼlgan.


Obyektlar

Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova