,, Shahrisabz" davlat
muzey - qo‘riqxonasi kolleksiyasidan.
Taqinchoq. XXasr.
Ayollar taqinchog‘i.Ayollar bo‘yniga taqishga mo‘ljallangan zebigardon,
mayda munchoqlar, ularning orasida metall bezaklar bilan bezatilgan. Pastki qismida dumaloq shaklda ko‘k,qizil rangli ko‘zlar qadalgan.
KP - 2377
IN - 1271
Materiali; plastmassa,metall.
XIX - asr oxiri - XXasr boshlariga kelib Shahrisabz vohasi zargarlari ham, Buxoro zargarlari kabi, bir necha mutaxassislikka boʻlinib, faoliyat yuritganlar. Bular: uzuksozlar, ziraksozlar va boshqa xil taqinchoqlar yasovchilar. Zargarlik ham avloddan avlodga meros qilib qoldirilgan.
Zargar ustalar orasida qimmatbaho toshlar va oltindan yasalgan taqinchoqlardan tashqari, oʻrtahol aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda arzonroq metall va toshlardan nafis zargarlik buyumlari (taqinchoqlar) ishlab chiqaradigan ustalar ham faoliyat koʻrsatgan.Oʻsha paytlarda Markaziy Osiyo zargarlik buyumlarida kumushdan taqinchoqlar yasash keng ommalashgan.Ayrim taqinchoqlarning tagi kumushdan yasalib, ustiga oltin qoplamalar oʻrnatilgan
🇺🇿 SHAHRISABZ DAVLAT MUZEY QO'RIQXONASI 🇺🇿
Kanalimiz👇
@shahrisabz_muzeyi


