SHAYX SHAMSIDDIN KULOL MAQBARASI.
Mazkur yodgorlik XIV asr oxirida qurilgan.Sohibqiron Amir Temurning va otasi Taragʻay Bahodirning ustozi va piri hisoblangan.Shayx Shamsiddin Kulol 1370-yil 28 noyabrda vafot etgan.Amir Temurning barcha muvaffaqiyatlari Shayx Shamsiddin Kulolning duolari bilan bogʻliqdir.Shu sababli ham Amir Temur Shamsiddin Kulolga maqbara bunyod etishga farmon bergan.Ushbu maqbara Koʻkgumbaz masjidining sharq tomonida joylashgan. Shuningdek Amir Temur 1360-yilda vafot etgan otasi Taragʻay Bahodirning ham jasadini 1374-yilda uning vasiyatiga binoan Shayx Shamsiddin Kulolning oyoq tomoni poyiga koʻchirgan.Islomiy aqidalarga binoan, mayyitlar ( marhumlar) oʻzlarining oyoq tomoniga dafn etilgan, demak Amir Taragʻay Bahodir qabri, Shayx Shamsiddin Kulol qabrining janub tomonida degan taxmin bor. Biroq, u hozirgacha arxeologlar tomonidan topilgan emas.Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasiga tegishli ikki taboqali yogʻoch eshik hozirgi paytda Shahrisabz davlat
muzey - qoʻriqxonasi tarkibidagi
,, Chubin" madrasasida saqlanmoqda.
Bu eshik oʻymakorlik uslubida ishlangan.Oʻsimlik tasvirlarini yogʻochga oʻyib ishlov berib ishlangan. Yogʻoch eshikning yuqori qismida arab imlosida yozuvlar mavjud.
🇺🇿 SHAHRISABZ DAVLAT MUZEY QO'RIQXONASI 🇺🇿
Kanalimiz👇
@shahrisabz_muzeyi


