Eksponatlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

There is no translation available.

Qur'on, islom dinining muqaddas kitobligi haqida barchamiz bilamiz

.Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan. Eng katta Qur'on karim Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida saqlanadi mazkur Qur'oni karim hajmi va taxlanishi jihatidan Markaziy Osiyoda eng nodir nusxalardan biri hisoblanadi, "Shahrisabz" davlat muzey-qo‘riqxonasida fondida esa noyob kitoblardan biri Qur'oni karimni mitti nusxasi saqlanadi. Bu noyob kitob XIX asrga tegishli bo‘lib, Qozon shahrida tipografiya usulida nashr etilgan. Uning uzunligi 3 sm, eni 2sm, qalinligi 1sm ni tashkil etadi. Qur'onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa Qur'on matnlarini taqshimlashning turli yo‘llariga ko‘ra 6204 ta, 6232 ta hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur'on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligi emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi. Qayt etish lozimki, ushbu Qur'oni karim 815 betdan iborat bo‘lib, uning to‘g‘riligini tasdiqlovchi 17 ta imom hatibning muhri mavjud. Ushbu kitobning yana bir jihati shundaki, kitobni o‘qish uchun maxsus lupadan foydalaniladi. Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. 

"Shahrisabz" davlat muzey-qo‘riqxonasi kotibi Sa'dullayeva Yulduz


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova